
Tandir non
O'zbek xalqining eng ulug' ramzi! Qatiq bilan qorilib tandirda pishgan obinon – qatlamli chekkasi, chiroyli guli bor taomlar shohi.
Ingredientlar
- Oliy yoki 1-nav un500 g
- Iliq suv280 ml
- Xamirturush (droja)7 g
- Qatiq100 g
- O'simlik yog'i (yoki sariyog')2 osh qoshiq
- Tuz1.5 choy qoshiq
Tayyorlash
- 1
Iliq suvga xamirturush va tuz soling, ketidan qatiq va yog'ni ham aralashtiring.
- 2
Elangan unni qo'shib, ancha muloyim barmoqqa yopishmaydigan xamir qoring. Qalin mato yopib 1-2 soat davomida issiq joyda oshiring.
- 3
Ishtgan xamirni olib bir mushtdan uzib zuvalachalar hosil qiling, ularga ham ozgina dam bering.
- 4
Zuvalani o'rtasini musht bilan bosib chetlarini do'mboq, o'rtasi yupqa qilib yoying. O'rtasiga chekich urib gular bering.
- 5
Non orqasini namlab yaxshi isigan elektr pechi yuzasiga (listga) yoki tandirga yopib, qizarguncha (15-20) daqiqa pishiring.
💡 Maslahat
Uy sharoitida issiq duxovkada pishirishdan oldin suv purkagich bilan yuziga 1-2 marta suv sepsangiz, non usti qip-qizil bo'lib yaltirab chiqadi.