
Paxtakor keks (pirog)
O'zbek ayollariga juda tanish qatiqli oddiy pirog. Har qanday xonadonda topiladigan masalliqlardan pishadigan sevimli uy pishirig'i.
Ingredientlar
- Un2.5 stakan
- Sariyog' yoki margarin100 g
- Tuxum2 dona
- Shakar1 stakan
- Qatiq1 stakan
- Iste'mol sodasi (yoki razrixlitel)0.5 choy qoshiq
Tayyorlash
- 1
Qatiq ichiga iste'mol sodasini solib 5 daqiqa (ko'pirib chiqquncha) qo'yib qo'ying.
- 2
Boshqa idishda tuxum va shakarni oqarib ketguncha yaxshilab mikser qiling. Erigan margarin (sariyog') va qatiqni qo'shib yana bir bor aralashtiring.
- 3
Unni elakdan o'tkazib suyuq massaga qo'shing. Yumshoq keks xamiri (quyuq smetana dek) holiga kelishi kerak.
- 4
Yog'langan idish (skovorodka yoki forma) ga massani quying. Xohishga qarab yuziga mayiz yoki yong'oq sepishingiz mumkin.
- 5
180 °C da 35 daqiqa qizarguncha pishirib oling.
💡 Maslahat
Oddiyligi tufayli ayollarimiz bu pirogga turli jem (murabbo)lar qo'shib yangi lazzatlar kashf etishadi.