
Qovurma somsa
Uchburchak yoki yarimoy shaklida, qiymali qilib oddiy skovorodkada yog'da tez va issiq holda pishib chiqadigan qarsildoq go'shtli yegulik.
Ingredientlar
- Un300 g
- Iliq suv150 ml
- Piyoz2 dona
- Mol go'shti (qiyma)200 g
- O'simlik yog'i (chuqur qovurish uchun)400 ml
Tayyorlash
- 1
Suv va un yordamida sho'rroq (chuchvaraning) qattiq xamirini qorib 20 daqiqaga dam yediring.
- 2
Go'sht va piyoz, zira, tuz, murchni birlashtirib qiyma tayyorlang (xohlasangiz qiyma ichiga pishgan kartoshka puresi qo'shishingiz ham mumkin).
- 3
Xamirni o'ta yupqa (xuddi chuchvaradek) qilib jo'vada yoying. Va kattaroq kosa yordamida doiralar kesib oling. Ichiga qiymani yoyib bitta tomonga buklang.
- 4
Ochilib ketmasligi uchun chetlarini vilka uchi bilan juda yaxshi bosib yopishtiring (Yoki chekkalarini soch o'rgandek tish qilib tuging).
- 5
Qizdirilgan ko'p miqdordagi yog'da ikki tarafi ham gupillab ishib, qizarguncha 2-3 daqiqadan o'rta olovda qovuring.
💡 Maslahat
Agar bu somsada xamir yopishgan joylari bo'sh bo'lsa go'sht suvi yog' ichiga tomib xunuk manzaraga, ovqat kuyishiga sabab bo'ladi.