
Qozon non
Oddiy temir qozonda issiqlik hisobiga yopiladigan, non yo'q vaqtda ro'zg'orbop qutqaruvchi, uybop mazzali non.
Ingredientlar
- Un450 g
- Iliq suv250 ml
- Xamirturush6 g
- O'simlik yog'i2 osh qoshiq
- Tuz1 choy qoshiq
Tayyorlash
- 1
Barcha suyuq mahsulotlarga (suv, yog', droja, tuz) un qoshgan holda muntazam o'rta xamir tayyorlang va oshiring.
- 2
Uyizdagi cho'yan qozonning devori diametridan kelib chiqqan xolda dumaloq yoyib oling. O'rtasini chakichlab teshib oling (ishib ketmasligi uchun).
- 3
Qozonni o'ta qattiq qizdiring (umuman yog' solinmaydi). Quruq qozonga nonning orqasini bir oz ho'llab xuddi tandirga yopgandek shapillatib yopishtiring.
- 4
Qozonni qopqog'i ustiga qalin dastro'mol yopib, faqat past olov yordamida qozonda qoldiring.
- 5
Non tandirdagidek ikkala tomoni (bug'i yordamida) 15-20 daqiqa mobaynida tilla rangda bo'lib pishadi.
💡 Maslahat
Qozonda bug'lanish bo'lishi va non yumshoq hamda qizil pishishi uchun qozonning chetlari (qopqoq atrofidan) bug' chiqmasligi juda muhimdir.