
Tuxum barak
Xorazm oshxonasining shoh taomlaridan biri. Tuxumli suyuq qiymani xamir qopchalari ichiga solib qaynatiladigan noyob va juda mazali taom.
Ingredientlar
- Un (xamir uchun)400 g
- Tuxum (qiymasi uchun)8 dona
- Sut100 ml
- O'simlik yog'i50 ml
- Ko'k piyoz1 bog'
- Tuz va zira1 choy qoshiq
Tayyorlash
- 1
Un, ozgina suv va tuzdan qattiqroq xamir qoring va dam yediring. Keyin yupqa qilib (xuddi chuchvaranikidek) yoying.
- 2
Xamirdan 5x10 sm to'rtburchaklar kesib, ularning ikkala yonini buklab, konvert shaklidagi qopchalar (cho'ntaklar) yasang va chetlarini mahkam bosib yopishtiring (bir tomoni ochiq qolishi kerak).
- 3
Kattaroq idishga tuxumlarni chaqib, yaxshilab sanchqida atalang. Unga sut, sariyog' yoki o'simlik yog'i, to'g'ralgan ko'k piyoz, tuz qo'shing. Bu — qiyma.
- 4
Katta yassi qozonda suv qaynatib oling. Bir qo'lda xamir qopchasini ochiq tomonidan ushlab, ichiga qoshiqda tuxumli massadan quying va ochiq qismini yopishtirib, srazu qaynayotgan suvga tashlang.
- 5
Har bir barakni pishirib suv yuzasiga ko'tarilgach (taxminan 3-4 daqiqa) cho'michda oling.
- 6
Pishgan baraklarni yog'langan idishga terib, qaymoq yoki qatiq bilan birga iste'mol qiling.
💡 Maslahat
Bu taom chaqqonlik talab qiladi. Qopchaga qiyma solingandan so'ng xamir erib ketmasligi uchun uni darhol qaynayotgan suvga tushirish muhimdir.